Assalomu alaykum, Men Telefonga ilova chikarmokchi edim, yani istimol kilgan ovkatizni kaloriyasini olchab beradi, va sizga meyorida va kerakli ozik ovkatlarni istemol kilishni aytadi, savolim shundan iboratki, men bu ilovani xamma uchun chikarmokchiman, fakat musulmonlarga emas, xammaga, shunda agar meni ilovamdan foydanilgan odam boshka dinda bolsa va chochka yoki arok, istemol kilsa, va mening chikargan ilovam shunda unga yordam bersa kaloriyasini olchagani, men xam bu ishga sherik bolib kolmimanmi?
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Halol yo'lda ham, harom yo'lda ham foydalanish mumkin bo'lgan narsalarni ishlab chiqarish yoki tayyorlash mumkin. Undan noshar'iy yo'lda foydalanilishiga ishlab chiqaruvchi kishi mas'ul bo'lmaydi. Masalan, pichoqni taom tayyorlashga ham, odam o'ldirishga ham ishlatish mumkin. Bunga ushbu pichoqni yasagan usta javobgar bo'lmaydi. Ammo ishlab chiqaruvchi o'z mahsuloti noshar'iy yo'llarda foydalanishini ham maqsad qilsa yoki shu yo'lda foydalanuvchilarga yordam bo'lishini ham qasd qilsa, unda u ham jinoyatga sherik bo'lib qoladi. Shunga ko'ra, agar siz ilovada alohida cho'chqa yoki mast qiluvchi ichimliklarning ham parametrlarini kiritsangiz, shuni iste'mol qiluvchilarga yordam berishni qasd qilgan bo'lib qolasiz. Agar halol bo'lmagan mahsulotlar parametri kiritilmagan, masalan faqat go'sht yoki yog'ning ko'rsatkichlari kiritilgan-u, foylanuvchi undan cho'chqa go'shtining kaloriyasini o'lchasa, siz unga aloqador bo'lmaysiz. Vallohu a'lam.