IKKI KISHI NAMOZI JAMOAT HISOBLANADIMI?

ID: 448

04.04.2025

180

Savol:

Agar 2 kishidan biri voyaga yetgan biri esa voyaga yetmagan bo‘lsa, voyaga yetgani imomlikka o‘tib, voyaga yetmagani iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Ya’ni jamoat hisoblanaveradimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ha, jamoat hisoblanadi. Chunki fiqh kitoblarimizda ikki va undan ortiq kishi jamlanib namoz o‘qishini jamoat bo‘lib namoz o‘qish deyiladi. Bu haqida Fatovoi hindiya kitobida shunday deyilgan:

  إذَا زَادَ عَلَى الْوَاحِدِ فِي غَيْرِ الْجُمُعَةِ فَهُوَ جَمَاعَةٌ وَإِنْ كَانَ مَعَهُ صَبِيٌّ عَاقِلٌ

ya’ni: "Jumadan boshqa namozlarda bir kishidan ko‘pi jamoat hisoblanadi, garchi iqtido qiluvchi aqlini tanigan yosh bola bo‘lsa ham". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar