IKKI HARAMDAGI NAMOZLARDA TASBIHLAR SONINI KO‘PAYTIRISH JOIZMI?

ID: 174

04.04.2025

14

Savol:

Masjidun nabaviy va Masjidul haromda namoz o‘qisak ruku va sajda holatida uzoq turiladi. Bu vaqtda tasbihlar sonini ko‘paytirsak bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Imomga iqtido qilgan namozxon imom ruku yoki sajdadan takbir aytib bosh ko‘targuniga qadar uch martadan ko‘proq tasbihlar aytishi joiz. Chunki ruku va sajdada kamida uch marta tasbih aytish sunnat hisoblanadi. Undan kam aytish makruh bo‘ladi:

وصرحوا بأنه يكره أن ينقص عن الثلاث وأن الزيادة مستحبة بعد أن يختم على وتر خمس أو سبع أو تسع ما لم يكن إماماً

“Ulamolar, (ruku va sajdadagi) tasbihni uch martadan kam aytish makruh bo‘lishini, imomdan boshqalar besh, yetti yoki to‘qqiz marta toq shaklda tasbih aytishi mustahab ekanini ta’kidlaganlar” ("Fatovo Sirojiya"). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar