Assalomu alaykum. Ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlashning hukmi qanday? YouTube ijtimoiy tarmog'ida, qo'yilgan videoning "ko'rishlar soni" va ushbu video orqali "reklama" namoyish etilgani uchun pul to'lanar ekan (reklama YouTube kompaniyasi tomonidan qo'yiladi). Qanday reklamalar namoyish etilishini video joylovchining o'zi har doim ham hal qila olmas ekan. Reklamalar mamlakatlarga qarab farqlanishi mumkin. Hammasi ham shariatga muvofiq tarzda bo'lmasligi yoki halol mahsulotlarni o'zida namoyish etmasligi mumkin. Shuning uchun ushbu masalani yoritib bering?
Vaalaykum assalom. Qimor, fahsh va islomda taqiqlangan mahsulotlar kabi shariatga zid narsalarni targ'ib qiluvchi reklamalarga yordam berish yoki ularga vositachi bo'lish durustmas. Shu sababli, agar kanal egasi reklamalarni butunlay o'chirishga yoki faqat halol reklamalarni tanlab qo'yishga qodir bo'lsa, buni qilishi lozimdir. Agar buning iloji bo'lmasa va shariatga muvofiq boshqa platformada faoliyat юritish imkoni bo'lsa, o'sha joyga o'tishi maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam.