SHERIKLIK

ID: 3410

17.10.2025

64

Savol:

Assalom alaykum. Biz Rossiyada 2 kishi ishlaymiz sherigim ishni gaplashadi va kelishadi, asbob uskunalar ham uniki, ishni mendan ko'ra yaxshi bajaradi. U umumiy kelishilgan puldan ma'lum bir foizini olib qolmoqchi uning ishi to'g'ri bo'ladimi?

Javob:

Bunga monelik yo‘q. Ushbu kelishuv fiqhda "shirkatul a’mol", ya’ni mehnat sherikchiligi deb ataladi. Bunday sherikchilikda foydani teng taqsimlash shart emas, balki o‘zaro kelishuvga ko‘ra bo‘ladi. Sherigingizning ish topishi, asbob-uskunalar uniki ekani va mahorati yuqoriligini e’tiborga olib, uning ko‘proq foiz olishiga kelishishingiz joiz. Muhimi, bu taqsimot ish boshlashdan oldin ikkingizning o‘zaro roziligingiz bilan belgilab olinishi kerak.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar