Talabaman. Davlat tomonidan ijarada yashovchilarga bir qismi qoplab beriladi. Har oyning oxirida pul tushadi. O‘n oylik shartnoma qildim. Masalan, dekabr oyida ijarada turmay, uyda bo‘laman. Ijara beruvchi bu oy uchun haq olmaydi. Dekabrga berilgan pulni nima qilishim kerak? Avvalgi oylarni to‘liq o‘zim to‘laganim uchun, o‘z ehtiyojimga ishlatsam bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Davlat tomonidan ajratilgan ushbu mablag‘ning aniq maqsadi bor. U muayyan oyning ijara xarajatini qisman qoplash uchun beriladi. Dekabr oyida siz ijarada turmas ekansiz va uy egasiga haq to‘lamas ekansiz, o‘sha oy uchun mo‘ljallangan pulni olishga shar’an haqli hisoblanmaysiz. Bu yordam avvalgi oylarda to‘liq to‘lagan pullaringizni qoplash uchun emas, balki aynan o‘sha oy uchun berilgan yordamdir. Agar pul hisobingizga tushgan taqdirda ham, u sizga halol bo‘lmaydi va uni tegishli tartibda davlatga qaytarishingiz lozim. Vallohu a’lam.