Biz qurilishda ishlatiladigan "lesa"larni ijaraga beramiz . Agar biz ijaraga bergan narsamizni ular beparvolik qilib o‘g‘irlatib qo‘yishsayu "tan narxini to‘lamiymiz, o‘zini topib beramiz" deyishsa, 1 oy o‘tib topilsa, shu 1 oy uchun ham ijaraga haqqini olishimiz mumkinmi? biz ular sabab kun yo‘qotamiz, vaqt yo‘qotamiz-ku.
Fiqhga ko‘ra, ijaradan maqsad – buyumdan foydalanishdir. Ijaraga olingan ashyo beparvolik sababli yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan kundan boshlab undan foydalanish imkoniyati yo‘qolgani sababli ijara shartnomasi vaqtinchalik to‘xtab turadi. Shu tufayli, ashyo topilgunga qadar o‘tgan bir oylik muddat uchun ijara haqini talab qilish durust emas. Magaram, buyum o‘g‘irlangani shubha ostida bo‘lsa va buni ijarachilar isbotlab bera olishmasa, u holda oradagi muddat uchun ijara haqqini talab qilish mumkin.