IDDA

ID: 3487

21.10.2025

103

Savol:

Turmush oʻrtogʻim javobimi bergan yashamay qoʻyganimizdan beri bir marta hayz koʻrdim. Ichayotgan dorilarini sabab hayzim kelmayabdi. Shunda iddam masala qanday boʻladi.

Javob:

Yoshi katta, hayz ko‘rish yoshidan o‘tgan ayollar (buni Oyisa deyiladi) 3 oy ya’ni 90 kun idda o‘tiradilar. Ayol kishini Oyisa deb hukm qilish uchun bir muncha masalalarni o‘rganib chiqishimiz kerak bo‘ladi. Ayol kishi odatda qamariy hisobda 55 yoshga (milodiy shamsiy hisobda 53 yoshu besh oyga to‘g‘ri keladi) yetsa, hayz ko‘rishdan to‘xtaydi. Mazkur yosh “Sinnul-iyos” ya’ni “hayzdan qolish yoshi” deyiladi. Aksar faqihlar ushbu qavlni olganlar. Fatvo ham shu yoshga berilgan. Bunday ayol “oyisa”, ya’ni “hayzdan umidini uzgan” ayol deb ataladi. “Durrul muxtor”da shunday deyiladi: فإذا بلغته وانقطع دمها حكم بإياسها “Ayol shu yoshga yetsa va qon kelishi to‘xtasa, oyisa deb hukm qilinadi”. “Raddul muhtor”da aytiladi: وحده خمس وخمسون سنة هو المختار، لكنه يشترط للحكم بالإياس في هذه المدة أن ينقطع الدم عنها مدة طويلة وهي ستة أشهر في الأصح، ثم هل يشترط أن يكون انقطاع ستة أشهر بعد مدة الإياس؟ الأصح أنه ليس بشرط، حتى لو كان منقطعا قبل مدة الإياس ثم تمت مدة الإياس وطلقها زوجها يحكم بإياسها وتعتد بثلاثة أشهر “Hayzdan qolish yoshi ellik besh yoshdir, mana shu so‘z ixtiyor qilingan. Lekin bu yoshga to‘lgan bo‘lsa ham, oyisa deb hukm qilish uchun qon uzoq vaqt, ya’ni olti oy to‘xtab qolishi kerak, mana shu so‘z eng sahihdir. Mazkur olti oy ellik besh yoshga to‘lib bo‘lgandan keyin sodir bo‘lishi shartmi? To‘g‘rirog‘i bu shart emas, shuning uchun bir ayol ellik beshga to‘lmay turib hayz qoni (olti oy yoki undan ko‘proq) kelmay qolsa, ellik beshga to‘lishining o‘zi bilan hayzdan qolgan deb hukm qilinadi”. Demak, 55 yoshga to‘lishning o‘zi bilan oyisa bo‘lib qolmas ekan, balki 55 yoshga to‘lib, olti oydan beri qon ko‘rmayotgan bo‘lsagina oyisa bo‘lar ekan. Bu o‘rinda ozgina namlik ko‘rish yoki sariq yo tuproq rang ko‘rish ham qon kelmaslik hukmida bo‘ladi. Agar ayol 55 yoshdan keyin qop-qora yoki qip-qizil rangdagi qonni eng kamida uch kun ko‘rsa, u hayz hisoblanadi. Boshqa rangdagi qonlar, ya’ni sariq, loyqarang yoki tuproqrangdagi qon ko‘rsa, hayz ko‘rgan bo‘lmaydi. Ushbu holatda ular ko‘rgan qonlar istihoza qonlari deyiladi. Umuman hayz ko‘rmaydigan yoki 55 yoshdan oshgani uchun hayz ko‘rmay qolgan ayollarning erlari taloq qilsa yoki nikohlari fasx qilinsa, uch oy idda o‘tiradilar. Mazkur ayollar idda muddati tugamay turib, hayz ko‘rib qolsalar, iddani hayz bilan qaytadan boshlaydilar. Agar oylar bilan o‘tirgan iddalari tugaganidan keyin hayz ko‘rib qolsalar, u holda iddani qaytadan boshlashlari lozim bo‘lmaydi. Lekin mazkur ayollar boshqa erga tegsalar va keyingi erlaridan hayzdan qolmay turib taloq iddasi o‘tiradigan bo‘lsalar, u holda uch hayz idda o‘tirishlari lozim bo‘ladi (“Xulosatul-fatovo” kitobi).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar