Mening akam chet elda o‘qiydi, hozir ta’tilda, shunga yetkazib berish xizmatida ishlab turipti. Ba’zida ichkiliklar tashishga majbur bo‘larkan. Ularning bu ishi harommi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Hadisi sharifda mast qiluvchi ichimlikni tashib beruvchi kishini ham la’natlanilgani aytilgan. Bundan ushbu ish katta gunoh ekaniga dalolat qiladi.
عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallallohu alayhi vasallam xamr(aroq) borasida o‘n kishini la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, yetkazib beruvchisini, yetkazib berilgan kishini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, pulini sarflovchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini" (Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.