IJTIMOIY KESHBEK

ID: 5278

18.12.2025

229

Savol:

Assalom alaykum. Hozirda "Ijtimoiy himoya reestri"da turuvchilar uchun davlat tomonidan mahsulot narxidan 12% keshbek qaytarish tizimi yo'lga qo'yilgan ekan. Ba'zi odamlar o'zlari qilgan yirik xarid cheklarini o'sha reestrda turuvchilarga pul evaziga sotishyapti. Reestrdagi kishi bu chekni o'z nomiga o'tkazsa, davlatdan el qatori 1% emas, balki 12% keshbek olar ekan. Shu maqsadda cheklarni sotish yoki sotib olish joizmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Yo'q, bu ish joiz emas. Chunki bunda aldov va davlat mulkini nohaq o'zlashtirish mavjud. Zero, ushbu imtiyoz faqat o'sha reestrdagi fuqarolarning shaxsiy xaridlari uchun ajratilgandir. Qolaversa, chek shar'iy «mol» sanalmagani va bu amaliyot qarzni sotish hukmida bo'lgani uchun uning savdosi nojoizdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar