Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Biz jamoa bo'lib startap (onlayn ta'lim platformasi) boshlaganmiz. Ish boshlash uchun jamoa a'zolari ish haqi va platformani ishlab chiqish uchun mablag' jalb qilmoqchimiz. Mablag' jalb qilishning ikkita varianti bor: 1) Startapning 10 foizini ma'lum pulga hisoblab, investordan mablag' olsak. Startapimiz daromadga chiqqandan keyin investor bizning doimiy jamoadoshimizga aylanadi va daromadning 10 foizi uniki bo'ladi. Bu holatda startap rivojlansa ham, rivojlanmasa ham olingan investiцiya qaytarilmaydi. 2) Birovdan qarz olsak va unga startapimizning 5 foizini berib, jamoamizga qo'shib olsak. Bu holatda startap rivojlansa ham, rivojlanmasa ham olgan qarzimizni hech qanday ustamalarsiz qaytarib beramiz. Shu ikkala holatda ribo bor-yo'qligi, joiz yoki joiz emasligi to'g'risida ma'lumot bersangiz.
Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarokatuh. 1) Bu amaliyot shar'iy jihatdan sherikchilik shartnomasi deb baholanadi va bu joizdir. Чunki bunda investor foydaga ham, zararga ham sherik bo'lish sharti bilan mablag' tikmoqda. Ya'ni ish юrishmasa, uning puli kuyadi va sizlardan qarz sifatida qayta talab qilinmaydi.
Vallohu a'lam.