Talabalarning ijara puli haqida savol bergan edim, javob uchun rahmat. Alloh rozi boʻlsin. Davlat tomonidan beriladigan pul har oyning oxirida tushadi, lekin ijara haqi oy boshida olinadi. Har doim pul tushganda, oʻsha oyni toʻlab boʻlgan boʻlaman va pulni kelasi oy uchun berib yuboraman. Bu notoʻg'rimi? Bunda qanday yoʻl tutishim kerak?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Kelasi oy uchun berib юborishingizning zarari yo'q. Muhimi, siz ijarada turayotgan bo'lishingizdir, zotan bu yordam puli ijarada turuvchi talabalar uchun ajratiladi. Vallohu a'lam.