QOʻY BOQISHDA SHERIKCHILIK

ID: 12877

03.06.2026

92

Savol:

Assalomu alaykum. Men yaqin qarindoshim bilan sherikchilikda qo'y boqmoqchiman. Qarindoshim pul beradilar, 100 tacha qo'y olib, 1-1,5 yil aylantirib pullarini qaytaraman. Ular bu ishning islomiy tartibda bo'lishini xohlayaptilar. Shunda foydaning necha foizini berishim kerak? Islomiy tartibda sherikchilik shartlari qanaqa bo'ladi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Ushbu sherikchilik shariatda «muzoraba» bitimi deb ataladi. Unga ko'ra, qarindoshingiz qo'ylarni hamda ularning em-xashagini sotib olish uchun to'liq sarmoya kiritadi, siz esa mehnatingiz bilan ularni boqasiz. Olinadigan sof foydaning qanday nisbatda (masalan, teng yarmi yoki 40 ga 60 foiz kabi) bo'linishini ish boshlashdan oldin aniq kelishib olishingiz shart. Kelishilgan muddat yakunida dastlab qarindoshingizning tikkan asosiy sarmoyasi chiqarib beriladi va undan ortgan sof foydagina o'zaro kelishilgan foiz asosida taqsimlanadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar