ASR NAMOZI

ID: 3090

07.10.2025

264

Savol:

Assalomu alaykum. O‘sha kunning asr namozini quyosh botayotganda boshlab 1-rakatni o‘qib bo‘lmasimdan quyosh botib qolsa asr namozi o‘z vaqtda o‘qilmay buzilgan bo‘ladimi?

Javob:

Va alaykum assalom. Ma’lumki, quyosh sarg‘ayib botayotgan (ko‘zni qamayshtirmaydigan) payt namoz o‘qish makruh sanalgan vaqtlardan sanaladi. Biroq shu kunning asrini o‘qiy olmagan odam mazkur makruh vaqtda ham ado qilsa bo‘ladi. Lekin uning namozi noqislik bilan ado qilingan bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar