TUSHDA PAYG'AMBARIMIZ ALAYHISSALOMNI KO'RISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?

ID: 9070

10.03.2026

555

Savol:

Bismillah. Assalomu alaykum hurmatli domla, Men sizdan ikki xil tushim va shu tushlarning Islomiy jihatdan talqini haqida maslahat olmoqchiman. Shu borada sizning yordamingizni so‘rayman: 1-tush: Tushimda bir odam menga: “Sening oldingga Payg‘ambarimiz keldilar”, deb aytdi. Lekin men o‘zim Rasululloh ﷺ ni ko‘rmadim, faqat bir kishi shunday dedi. 2-tush: Yana bir tushimda men bir joyda turardim. Hech narsa yo‘q edi – go‘yo koinot ham, olam ham yo‘q edi. Keyin birdaniga koinot paydo bo‘ldi, osmonlar va yerlar paydo bo‘ldi, olamlar yaratildi. Shundan keyin qalbimda Rasululloh ﷺ, sahobalar va ayniqsa Hazrati Umar roziyallohu anhu haqida bir tuyg‘u paydo bo‘ldi. Uyg‘onganimdan keyin ham qalbimda Hazrati Umar roziyallohu anhu haqida o‘y turib qoldi. Shu tushlar bo‘yicha quyidagi savollarim bor: 1. Solih tushlar ko‘rish mumkinmi va Payg‘ambarimiz ﷺ ni tushda ko‘rish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, buni qanday qilib Alloh yo‘lida olish mumkin? Shu maqsadda qanday ibodatlar, zikrlar, duolar yoki fazilatli amallarni bajarish tavsiya etiladi? 2. Tushda Rasululloh ﷺ va sahobalarni ko‘rish qanday belgidir? Shu tushlar qanday ma’noda talqin qilinadi va inson hayotida qanday amallar qilish tavsiya etiladi? 3. Solih tushlarni ko‘rish va tushda Rasululloh ﷺ ni ko‘rish uchun nimalar qilish kerak? Tushni eslab qolish, tushda ko‘rganlarni to‘g‘ri talqin qilish va ulardan ruhiy foyda olish uchun qanday Islomiy qoidalar va adablar mavjud? Shu bilan birga, tushda Rasululloh ﷺ ni ko‘rish fazilatlari va buni hayotingizda qanday amalga oshirish mumkinligi haqida maslahat bersangiz. Oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

  1. Solih tush va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushda ko'rish haqiqatdir. Buning uchun sunnatga muvofiq yashash, har kuni U Zotga ko'p salavot aytish, tahoratli holda, Oyatal Kursiy va poklanish duolarini o'qib uxlash tavsiya etiladi. Ba'zi ulamolar har kuni "Riyozus solihiyn" kitobini o'qib, unga amal qilib юrgan kishi Rasulullohni tushida ko'radi, deyishgan. Albatta bu kabi tavsiyalar ko'plab tajribalar asosida shakllangan.

  2. Tushlarning odobi - yaxshi tushni faqat solih va sizni yaxshi ko'radigan insonlarga aytishdir. Tushni eslab qolish uchun uyqudan oldin dunyoviy fikrlardan xoli bo'lish va uyg'onganda darhol Allohni zikr qilish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, kim u zotni tushida ko'rsa, haqiqatda ko'ribdi, chunki shayton u zotning suratlariga kira olmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar