Assalomu alaykum. Mening savolim shundan iboratki, hozirgi kunda ommalashib borayotgan «Kran» (o'yinchoq ilib oluvchi qurilma) o'yini haqida. Unga odamlar pul tashlab, ayiqcha yoki boshqa biron bir o'yinchoq юtib olishi mumkin yoki, aksincha, kranda ilolmay quruq qoladi. Shunday o'yin apparatini olib kelib o'rnatib, undan keladigan daromaddan foydalansam joiz bo'ladimi yoki nojoizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Ushbu o'yin qurilmalarini o'rnatish va ulardan daromad olish islom shariati ahkomlariga ko'ra joiz emas. Chunki bunda ishtirokchi pul kiritib, evaziga юtuq olish yoki mablag'idan ajralib, quruq qolish ehtimoli ostida bo'ladi. Bu esa dinimizda taqiqlangan qimordir. Vallohu a'lam.