Namozda zam suradan oldin "Bismillahir Rohmanir rohiym"ni aytiladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Har rakatda Fotiha surasidan oldin “Basmala” – “Bismillahir Rohmanir Rohiym”ni aytish sunnat. Lekin Fotiha bilan zam sura o‘rtasida “Basmala” aytilmaydi. Mazhabimizdagi ko‘pchilik ulamolar shunga fatvo berganlar. Alloma Ibn Nujaym rahimahulloh bu borada shunday deganlar:
فَلَا تُسَنُّ التَّسْمِيَةُ بَيْنَ الْفَاتِحَةِ وَالسُّورَةِ مُطْلَقًا عِنْدَهُمَا ، وَقَالَ مُحَمَّدٌ تُسَنُّ إذَا خَافَتَ لَا إنْ جَهَرَ وَصَحَّحَ فِي الْبَدَائِعِ قَوْلَهُمَا ، وَالْخِلَافُ فِي الِاسْتِنَانِ أَمَّا عَدَمُ الْكَرَاهَةِ فَمُتَّفَقٌ عَلَيْهِ
Ya’ni: “Imom Abu Hanifa va Imom Abu Yusuf (rahimahumalloh) ga ko‘ra Fotiha va zam sura orasida basmala aytilmaydi. Imom Muhammad (rahimahulloh): “Basmalani aytish jahriy namozda sunnat bo‘lmasa-da, maxfiy o‘qiladigan namozda sunnatdir”, deganlar. “Badoi’us sanoye’” kitobida Imom Abu Hanifa va Imom Abu Yusufning gaplarini sahih – to‘g‘ri, deganlar. Ikki imom bilan imom Muhammadning o‘rtalaridagi xilof Fatiha bilan zam sura o‘rtasida basmalani aytish sunnat yoki sunnat emasligi borasidadir. Agar basmalani aytsa, makruh bo‘lmasligiga ittifoq qilingan” (“Bahrur-roiq” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.