HOMILADORLIK

ID: 3760

30.10.2025

105

Savol:

> Assalomu alaykum, hurmatli muftiy. Mening qizim 8 haftalik homilador edi. Uning qo‘lida 6 oylik chaqalog‘i bor. Shifokorlar aytishicha, agar jarrohlik yo‘li bilan bola tug‘ilsa, bachadoni yirtilib, hayoti xavf ostida qoladi, homila esa baribir o‘lik tug‘iladi. Shu sababli shifokor tavsiyasi bilan tabletka yordamida homila tushirildi. Bu ish faqat hayotni saqlab qolish uchun, tibbiy zarurat bilan amalga oshirilgan. Shu holatda shariat nuqtai nazaridan bu gunoh sanaladimi yoki zarurat sababli joiz hisoblanadimi? Rahmat. Aloqa uchun: [ismingiz] – [telefon raqamingiz 90 442 9760

Javob:

Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Shariatimizda "zaruratlar man qilingan ishlarni muboh qiladi" degan muhim qoida bor. Onaning hayoti homilaning hayotidan ustun turadi. Sizning vaziyatingizda, malakali shifokorlar onaning hayotiga aniq xatar borligini va homilaning baribir nobud bo‘lishini tasdiqlashgan. Shunday ekan, onaning jonini saqlab qolish maqsadida, tibbiy zarurat yuzasidan qilingan bu amal joiz hisoblanadi va inshaAlloh, gunoh sanalmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar