HOMILADOR AYOLNING NAMOZI

ID: 4326

19.11.2025

462

Savol:

Homilador ayol namoz o'qishda ruku, sajdaga qiynalsa namozni qanday ado etadi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bemor odam yoki homilador ayol biroz vaqt tik turishga quvvati etsa, kuchi etgunicha turib namoz o'qishni boshlaydi va namoz asnosida toliqib qolsa, namozni o'tirib davom ettiradi. Kishi ruku va sajda qilolmasa, o'tirib ruku va sajdani boshi bilan imo qilib, namoz o'qiydi. Bu holda boshini rukuga eggandan ko'ra ko'proq sajda uchun egadi. Aks holda namozi durust bo'lmaydi. U sajda qilishi uchun biror narsa baland qilib qo'yilmaydi. Ruku va sajdani boshi bilan imo qilib namoz o'qishga qodir bo'lmagan bemor ruku va sajdani ko'zi, qoshi yoki qalbi bilan imo qilib, namoz o'qimaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar