HOJATXONAGA KIRISHDAN AVVAL O‘QILADIGAN DUO

ID: 292

04.04.2025

97

Savol:

Hojatxonaga kirganda qaysi duoni o‘qiladi va bu duo qaysi o‘rinda o‘qiladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Kishi hojatxona bor joyda hojatxonaga kirishidan avval, hojatxona yo‘q joyda esa qazo hojat qilish uchun kiyimini yechishidan avval quyidagi hadisi sharifda kelgan duoni o‘qiydi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirayotganlarida:

اَللَّهُمَّ  إِنَّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْخُبْثِ وَالْخَبَائِثِ

“Allohumma inniy a’uuzu bika minal xubsi val xobaisi” duosini o‘qir edilar”.

Ma’nosi: Allohim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Agar hojatxonaga kirishdan avvalo yoki ochiqlik joyda kiyimlar yechilishidan avval bu duoni aytish yoddan ko‘tarilgan bo‘lsa, hojatxonaga kirgandan so‘ng yoki kiyimlar yechilganidan so‘ng ovoz chiqarmasdan qalbida bu duoni o‘qiydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar