HOJATXONA VA HAMMOMGA TELEFON BILAN KIRISH

ID: 6610

26.01.2026

254

Savol:

Assalomu alaykum. Men telefonda ba'zan diniy ma'ruzalar eshitib turaman, Qur'on tinglayman. Shuning uchun ikkilanib qoldim, cho'ntakda telefon bilan hojatxona va hammomga kirsa bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Agar telefon ekranida Allohning ismlari yoki Qur'on oyatlari ko'rinib turmagan hamda tilovat ovozi yangrab turmagan bo'lsa, uni cho'ntakka solib hojatxona va hammomga kirish joizdir. Чunki qurilma xotirasida saqlangan elektron ma'lumotlar qog'ozdagi Mushaf hukmida emas. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar