JUMA MA’RUZASI

ID: 2838

26.09.2025

113

Savol:

Juma kuni masjidda 1-azondan avval ma’ruza qilinadi. Shu ma’ruza paytida nafl namoz oʻqish, qur’on tilovat qilib oʻtirish yoki zikr qilib oʻtirish mumkinmi?

Javob:

Juma kuni birinchi azondan avvalgi ma’ruza ilm majlisi hisoblanib, uni tinglash o‘sha vaqtdagi eng afzal amaldir. Shu sababli, boshqa nafl namozlar o‘qish yoki tilovat qilishdan ko‘ra ma’ruzaga quloq solish to‘g‘riroqdir. Biroq, masjidga endi kirgan kishi, agar quyosh qiyomga kelib, namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqt kirib qolmagan bo‘lsa, o‘tirishdan oldin ikki rakat tahiyatul masjid namozini o‘qib olishi mumkin. Shuningdek, ma’ruzaga quloq solgan holda, til bilan zikr qilib o‘tirish ham durust.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar