Assalomu alaykum. 1. Men turmush o'rtog'im bilan 1 yil-u 11 oy davomida birga yashamay, keyin yarashib ketdik. Oramizda qayta nikoh o'qitilmagan edi. Ko'pchilik: «Agar er-xotin 3 oy davomida yaqinlik qilmasa, nikohi buziladi va qayta nikoh qilish kerak», deyishmoqda. Shu gap rostmi? Biz yarashgan davrimizda shar'an gunoh ish (zino) qilib yashaganmizmi? 2. Hozirgi kunda yana 3 oydan beri erim bilan birga yashamayapman. Undan taloq so'rasam, bermayapti. Bunday vaziyatda nima qilishim kerak? Iltimos, yo'l-yo'riq ko'rsatsangiz.
Va alaykum assalom va rahmatulloh.
**1) **Er taloq lafzini aytmaguncha, oraga qancha vaqt yoki masofa tushmasin, nikoh o'z-o'zidan bekor bo'lmaydi. Xalq orasidagi "3 oy yashamasa nikoh kesiladi" degan gaplar mutlaqo xato va bid'atdir. Ilgari yarashganingizda ham nikohingiz bor bo'lgan, gunoh qilmagansiz.
**2) **Oilani yarashtirish va muammoni isloh qilish uchun har ikki tomondan xolis, obro'li va diniy ilmga ega kattalarni jalb qilib, o'zaro «oilaviy kengash» tuzish kerak. Bunda asosiy e'tibor o'tmishdagi ginalarni kovlashga emas, balki kelajakdagi mas'uliyatlarga qaratilishi, ya'ni erning ayol oldidagi shar'iy burchlarini (nafaqa, shirin suhbat va uy-joy) bajarishi yoki agar birga yashashning iloji qolmagan bo'lsa, zulm qilmasdan, yaxshilik bilan yo'lini ochib berishi kerakligi qat'iy kelishib olinadi. Agar bu chora kor qilmasa, yashash joyidagi rasmiy imom-xatibni hakam sifatida chaqirish masalani shar'iy va adolatli hal qilishga yordam beradi, inshaalloh. Vallohu a'lam.