JINSIY MAVZU

ID: 2538

13.09.2025

431

Savol:

Assalomu alaykum domla bilasiz osmirlik davrida jinsiy ozgarishlar boladi va ora orasa vaqti bilan maziy chiqadi shunda men kopincha boshqa narsa haqida oylab chalg'ishga harakat qilaman lekin bazida jinsiy aloqa haqida video lar koraman u qanday qilinadi nima qilish mumkin emasligi haqida uyatsiz videolar emas aksincha domlalar gapirgan maruzalar yoki maniy va maziy qanday va nima sababdan chiqishi hay holatda chiqishi haqida ammo oldin men uyatsiz videolar korar edim hozir hammasini toxtatdim namoz oqishni boshlab tavba qilganman endi shu hozir korayotgan jinsiy aloqa haqida domlarning maruzalarini korsam men tavbamni buzgan hisoblanamanmi

Javob:

Yo‘q, ilm niyatida domlalarning ma’ruzasini ko‘rish bilan tavbangiz buzilmaydi, chunki buning o‘zi harom emas. Lekin, bu mavzular shahvoniy hislarni qo‘zg‘atib, sizni avvalgi gunohingizga yetaklashi mumkinligi sababli, undan saqlanish lozim. Tavbangizda sodiq qolish va o‘zingizni fitnadan himoya qilish uchun nikohga qadar bu kabi suhbatlardan uzoq turib, e’tiborni boshqa foydali ishlarga qarating.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar