Assalomu Alaykum meni yoshim 51da xayizdan poklanganimga 10kun buldi .yana oz-ozdan kelib turibdi ,namoz ukishimni xam okimasligimni xam blmayabman .Bunday xolatda nima kilishim kerak
Va alaykum assalom. Ayol kishining odati avvalgisidan kamaysa yo ko‘paysa, uning odati o‘zgargan bo‘ladi. Odati avvalgisidan kamaysa, poklanganda yuvinib ibodatlarini boshlaydi. Lekin avvalgi odati kunlariga yetmaguncha eri bilan yaqinlik qilmay turadi. Masalan, 9 kunlik odati bor ayol 6 kunda poklansa, uning odati 6 kunga o‘zgargan bo‘ladi va shu kundan boshlab yuvinib, ibodatini boshlaydi, lekin 9 kungacha eri bilan yaqinlik qilmay turadi. Odati bor ayol hayzdan poklangach yana qon ko‘rsa va u o‘n kungacha to‘xtasa, uning odati o‘zgargan bo‘ladi. Lekin o‘n kundan oshib ketsa, odatidan ortig‘i istihoza qoni hisoblanadi. Chunki hayzning kami 3 kun, ko‘pi 10 kun. Masalan, 6 kunlik odati bor ayol 8-9-kunlari qon ko‘rib 10 kuni to‘xtasa, uning odati 10 kunga o‘zgargan bo‘ladi. Lekin xuddi shu ayol 8-9-10-11-12-kungacha qon ko‘rsa, 6 kundan keyingi kunlari istihoza (kasallik) qoni hisoblanib. u ibodat qilish va er bilan birga bo‘lishdan to‘smaydi. Demak, ayol 6 kundan keyin poklansa va 11- kuni qon ko‘rsa, 11-kundagisi istihoza qoni hisoblanadi. Chunki u hayz muddati (ya’ni 10 kun) o‘tganidan keyin kelgan. Uni yangi hayz deb bo‘lmaydi, yangi hayz bo‘lishi uchun ikki qon o‘rtasida 15 kun poklik bo‘lishi kerak. Bu mavzuda Abdulg‘aniy Maydoniy rahimahulloh shunday deganlar: (وإذا زاد الدم على عشرة أيام وللمرأة عادة معروفة ردت إلى عادتها) المعروفة (وما زاد على ذلك فهو استحاضة) فتقضي ما تركت من الصلاة بعد العادة.قيد بالزيادة على العشرة لأنه إذا لم يتجاوز العشرة يكون المرئي كله حيضاً وتنتقل العادة إليه. “Hayz qoni o‘n kundan ortib ketsa va ayolning ma’lum odati bo‘lsa, o‘sha odatiga qaytariladi. Odatidan oshgani istihozadir. Odatidan keyin tark qilgan namozlarining qazosini o‘qiydi. “O‘n kundan oshsa”, degan qayd bilan aytildi, chunki o‘n kundan ortmasa, ko‘rilgan qonning hammasi hayzdir. Odati unga ko‘chgan bo‘ladi” (“Lubob fi sharhul kitob”, “Hayz” bobi). Vallohu a’lam.