HAYVONLARNING QAYSI A’ZOLARINI YEB BO‘LMAYDI?

ID: 797

04.04.2025

98

Savol:

Go‘shti halol hayvonlarning qaysi a’zolarini yeb bo‘lmaydi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu haqida Imom Aloiddin Kosoniy rahmatullohi alayhi shunday deganlar:

وأما بيان ما يحرم أكله من أجزاء الحيوان المأكول فالذي يحرم أكله منه سبعة الدم المسفوح والذكر والانثيان والقبل والغدة والمثانة والمرارة لقوله عز شأنه ويحل لهم الطيبات ويحرم عليهم الخبائث وهذه الاشياء السبعة مما تستخبثه الطباع السليمة فكانت محرمة" (بدائع الصنائع في ترتيب الشرائع)

ya’ni: "Go‘shti yeyiladigan hayvonlarning yeyish harom bo‘lgan a’zolarini bayon qilsak, ular yettitadir:

  1. Bo‘g‘zidan otilib chiqqan qon;
  2. Erkak hayvonning jinsiy a’zosi;
  3. Hayvonning moyagi;
  4. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi;
  5. Bezlar;
  6. Siydik qopi;
  7. O‘t pufagi.

Bu yetti a’zoning haromligiga sabab, Alloh taoloning: "U (payg‘ambar) ularga pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi", — deganligi uchundir (A’rof surasi, 157-oyat). Zero, bu yetti a’zodan sog‘lom tabiat egasi hazar qiladi. Shuning uchun ham ular harom hisoblanadi. ("Badoye’us sanoye’ fiy tartibish sharoi’" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar