HAYVONLARNI GO'NGINI SOTISH HAQIDA

ID: 4103

11.11.2025

72

Savol:

Najosatni sotish mumkin emas ekan. Mol quylarni najosatini ham sotib bulmaydimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Hayvonlarning go'ngidan ekinlarga o'g'it sifatida foydalanishga shariatimizda ruxsat etilgan. Bunda go'ngni qanday holatda bo'lishining farqi yo'q. Bizning hanafiy mazhabimizda go'ng najas – nopok narsa bo'lsa-da uning oldi-sottisi ham durustdir (Manba: “Muxtasarul viqoya” kitobi). Mulla Ali Qori rahmatullohi alayh go'ngni sotish durustligining sababini bayon qilib shunday deganlar:

لِأَنَّهُ يُنْتَفَعُ بِهِ وَيُدَّخَرُ لِوَقْتِ الْحَاجَةِ فَإِنَّهُ يُلْقَى فِي الْأَرْضِ لِاسْتِكْثَارِ الزَّرْعِ

ya'ni: “O'g'itni sotishning durustligini sababi, undan foyda olinadi va ehtiyoj bo'lgungacha saqlanadi. So'ngra, hosilni ko'paytirish maqsadida erga solinadi”.

Demak, hayvonning go'ngidan foydalanishga shariatimiz ruxsat beradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar