HAYIT NAMOZINING QAZOSI O‘QILADIMI?

ID: 389

04.04.2025

7

Savol:

Hayit namozini o‘qiy olmagan kishi uni qazosini o‘qiydimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Hayit namozini jamoat bilan o‘qiy olmagan kishi uni qazosini o‘qimaydi hamda uning  o‘rniga o‘qiladigan namoz ham yo‘q. Hayit namozini qazosi o‘qilmasligi haqida “Al-Javharotun nayyira” kitobida shunday deyilgan:

مَنْ فَاتَتْهُ صَلَاةُ الْعِيدِ مَعَ الْإِمَامِ لَمْ يَقْضِهَا

ya’ni: “Kim imom bilan birga hayit namozini o‘qiy olmagan bo‘lsa, uni qazosini o‘qimaydi”.

Demak, hayit namozini ham uzrsiz o‘qimaslik gunohkorlikka sabab bo‘ladi. Qolaversa, o‘qiy olmagan hayit namozini o‘rniga o‘rinbosar bo‘ladigan boshqa namoz ham yo‘q.

Hayit namoziga chiqmaslik uchun juma namozidagi uzrlar inobatga olinadi: Hayit namoziga chiqa olmaydigan darajadagi kasallik, ko‘zi ojizlik, musofir bo‘lish. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar