HAYIT KUNI JUMA NAMOZI SOQIT BO‘LADIMI?

ID: 360

04.04.2025

14

Savol:

Hayit va juma namozi 1 kunda bo‘lsa, juma namozi soqit bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Juma va hayt namozi alohida alohida  namoz hisoblanadi. Hanafiy mazhabida hayt namozini o‘qigan kishidan juma namozi soqit bo‘lmaydi, balki ikkisini ham o‘qiladi.

قال ابن عابدين - مُعلقًا -: (قوله: "عن مذهب الغير"؛ أي: مذهب غيرنا، أما مذهَبنا فلزوم كلٍّ منهما،

Ibn Obidin rahmatullohi alayh: “Bizning mazhabimizda hayit namozi bilan juma namozi bir kunda jamlanib qolsa ikkisini ham o‘qish lozim bo‘ladi”, deganlar.

 قال في "الهداية" - ناقلاً عن "الجامع الصغير" -: "عيدان اجتمَعا في يوم واحد، فالأول سنَّة، والثاني فريضة، ولا يُترَك واحد منهما)[

Burhoniddin Marg‘inoniy rahmatullohi alayhning “Hidoya” asarida “Jomi’u Sag‘ir” kitobidan naql qilinib aytiladiki “Hayit va juma bir kunda jamlanib qolsa, avvalgisi sunnat, ikkinchisi farz bo‘ladi. Ulardan birortasi tark qilinmaydi”, deyilgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar