Assalomu alaykum men bir do'stim bilan borib bir joyga ovqatlangani bordik yeganimiz u tuladi. Keyin bilsam kuchadan tillo topib olib sotib usha puldan tulagan ekan. Shunda yeganim halol buladimi yoki yuqmi. Topilgan narsani ehson qilish yoki egasini topish keredeyish ganini eshitgandim. Man sotmagan bulsam ham ehson qilishim keremi
Ulamolar, bunday holatda, ya’ni harom molga olinganini bilmagan vaziyatda yeyuvchiga gunoh emas, deyishgan. Biroq, do‘stingiz topib olingan mulkni egasini izlamasdan sotib yuborishi va uning pulini ishlatishi shar’an noto‘g‘ri bo‘lgan. Endilikda tilloning qiymatini uning egasi nomidan sadaqa qilish majburiyati sizning emas, balki tilloni topib olgan do‘stingizning zimmasidadir.