HAROM MOLDAN QURBONLIK QILINADIMI?

ID: 497

04.04.2025

3

Savol:

Noshar’iy yo‘llar bilan topilgan mablag‘lardan qurbonlik qilinadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Qurbonlikni halol-pok yo‘llar bilan erishilgan mablag‘dan qilish kerak. Uni harom moldan qilishning savobi yo‘q.

Dinimiz halol kasb bilan shug‘ullanish va halol yo‘llar bilan mol topishni talab qiladi. Harom yo‘llar bilan mol topgan kishi hayot bo‘lsa o‘zi, o‘zi bo‘lmasa merosxo‘rlari, o‘zganing molini asl egalariga qaytarishlari kerak. Asl egalari topilmasa, savob umid qilmasdan kambag‘allarga yoki xayrli ishlarga sarflanadi.

Harom moldan nafaqa qilingan ibodatlar qabul bo‘lmaydi. Qabul bo‘lmagani uchun savob ham hosil bo‘lmaydi. (Alloma Ibn Obidin, “Raddul muhtor” kitobi) 

Ibodatlarga, jumladan, qurbonlikka ham halol moldan sarflash shartdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar