HAROM LUQMA

ID: 2826

25.09.2025

91

Savol:

Assalomu aleykum. Meni anchadan beri bir savol qiziqtirib keladi, men ancha avval bir ma'ruza eshitkandim unda, Imom aytyaptiki bir bola bir qizga uylangan ekan toydan keyin bola qizga umuman teginmabdi qizga qoliniyam tekkizmabti keyin yana qanchadir kunlar otibdi yana qizga umuman tegibmabdi. Keyin qiz Otasiga borib bo'lgan narsalarni aytib beribdi, keyin kuyovini chaqirtirib sorabdi nega bunaqa qilyapsiz qizimga hali qo'lizniyam tekkizmabsiz deganda, bola aytibdiki "Qizingiz bilib bilmasdan harom luqma yeb qo'ygan bo'lishi mumkin, men hozir qizingiz bilan yaqinlik qilsam harom luqma farzandga ta'sir qilishi mumkin, o'sha uchun qizizga teginmayapman. 40 kunda esa harom luqmaning ta'siri qolmaydi" deb aytibdi va 40 kun ayoli bilan umuman yaqinlik qilmabdi, va 40 kundan keyin yaqinlik qilishibdi va farzandli bo'lishibdi farzandlari buyuk inson bolib yetishibdi. Men shu narsa haqida to'liq ma'lumotga ega bo'moqchidin rostan shunaqami bilib bilme xarom luqma yeb qoygan bosa toydan keyin jinsiy yaqinlik qilmasdan 40 kun saqlansa harom luqmani ta'siri yo'qoladimi shu mavzu haqida batafsil malumot bersalaringiz yaxshi bolardi. Oldindan katta rahmat

Javob:

Bu rivoyatning shar’iy asosi yo‘q, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yoki sahobalardan bunday ish sobit bo‘lmagan. Shubhali yoki harom luqmaning tanadan chiqib ketishi uchun 40 kun kutish va jinsiy yaqinlikdan saqlanish shariatda buyurilmagan.

Aksincha, shar’iy uzrsiz uzoq muddat yaqinlikdan tiyilish ayolning yaqinlikdagi haqqini poymol qilish hisoblanadi. Zero, er-xotin o‘rtasidagi halol yaqinlik gunoh yoki makruh ish emas, balki niyatga qarab ajr-savobga erishiladigan ibodat amalidir.

Shunday ekan, bunday niyatda bilan savobli amalni tark qilish va jufti halolning yaqinlikdagi haqqini poymol qilish durust emas.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar