HAQDOR VAFOT QILSA QARZ KIMGA BERILADI

ID: 5071

12.12.2025

60

Savol:

Assalomu alaykum. Men bobomdan (dadamning dadasidan) qarz olgan edim, hali qaytarganim yo'q edi. Ular vafot qildilar. Endi qarzimni qanday qaytarsam bo'ladi? Buvim (dadamning onasi) hali hayotlar, u kishiga bersam, mendan qarz uziladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Bobongizdan olgan qarzingiz endilikda meros mulki hisoblanadi. Bu mablag'da barcha merosxo'rlarning haqqi bor. Qarzni barcha vorislarga, ya'ni buvingiz, otangiz va boshqalarga ma'lum qilib, shar'iy taqsimot asosida bo'lib olishlari uchun ularga topshirishingiz lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar