Assalomu alaykum. Men qaynona-qaynotam bilan birga yashayman. Qaynonamning gepatit S kasali va qandli diabetlari bor. Qachon qarama, kasallar. Shu sababli doim dori-ukoldalar. Gepatit kasalligidan davlatdan nafaqa olmoqchi bo‘ldilar. Uning uchun hujjatlarini tayyorlashda rost bilan birga pora va yolg‘on ham aralashdi. Hujjatga "sirroz" deb yozdirdilar. Lekin chindan ham doim davolanib turadilar. Shu tayinlangan nafaqa pullari qanchalik halol? O‘sha puldan o‘z ixtiyorlari bilan menga va mening bolalarimga nimadir olib bersalar yoki yedirsalar joizmi?
Vaalaykum assalom. Hujjatga yolg‘on ma’lumot yozdirish ham pora berish katta gunohdir. Bu ishdan tavba qilish shart. Agar qaynonangiz o‘sha yolg‘on tashxissiz, o‘zlarining haqiqiy kasalliklari bilan ham davlat mezonlariga ko‘ra nafaqa olishga haqli bo‘lsalar, olgan pullari o‘zlari uchun halol bo‘ladi, lekin yolg‘on va poraning gunohi alohida. Bordi-yu, bu nafaqa faqatgina yolg‘on va pora sababli tayinlangan bo‘lsa, bu pul halol bo‘lmaydi. Bunday puldan siz va farzandlaringizning biror narsa qabul qilishingiz yoki yeyishingiz joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.