HALOLMI

ID: 2460

08.09.2025

348

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi vabarokatuh. Men homilador ayolman. Instagramda turli xil dengiz mahsulotlaridan yeyishayotganlar chiqsa yegim kelyabdi, midiya, sakkizoyoq, krevetka shulardan yesam boʻladimi bizni mazhabda mumkinmi?

Javob:

Hanafiy mazhabiga ko‘ra, dengiz mahsulotlaridan faqat baliq halol. Boshqa jonzotlar, jumladan, midiya, sakkizoyooq va krevetka kabilar baliq hisoblanmagani uchun iste’moli joiz emas. Bu qoida barcha uchun, jumladan, homilador ayollar uchun ham bir xildir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar