Assalomu alaykum meni ko'p qavatli uylarda bir xonali uyim bor uni ijaraga berib foydalanishim mumkinmi? Uni puli man va farzandlarim uchun xalolmi va bir yil tulganda shu uy uchun xam zakot beramanmi? Xozir u uyni olganimizga 4yildan oshdi biz uni pulini oilaga ruzgorga ishlatamiz shu ishim tugrimi .? Javobingiz uchun oldindan raxmat.
O‘z uyingizni ijaraga berishingiz va undan tushgan daromadni oilangiz nafaqasiga ishlatishingiz shar’an joiz. Bu daromad siz va farzandlaringiz uchun haloldir. Uy-joy kabi asosiy hojat uchun mo‘ljallangan mulkdan zakot berilmaydi. Biroq, agar bu uyni sotish (tijorat) niyatida olgan bo‘lsangiz, uning qiymati zakot nisobiga yetsa va bir yil to‘lsa, qiymatining qirqdan birini zakot qilib berasiz. Modomiki, sotish niyatingiz yo‘q ekan, unga zakot vojib bo‘lmaydi.