HAJDA SO‘YILADIGAN JONLIQLARNING YOSHI MUHIMMI?

ID: 57

04.04.2025

38

Savol:

Bilamizki, tamattu va qiron hajini qiluvchilar yoki ehrom holida biror jinoyat qilsa, jonliq so‘yishi lozim bo‘ladi. Shu jonliqlarning yoshi muhimmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Albatta. Aqiqa, tamattu va qiron haji, jinoyat uchun so‘yiladigan, mutlaq nazr qilingan jonliqlarda xuddi qurbonlik qilinadigan hayvonlarda bo‘lgani kabi yosh muhim hisoblanadi. Ya’ni tuya bo‘lsa, kamida besh yosh, qoramol bo‘lsa, kamida ikki yosh, qo‘y yoki echki bo‘lsa, kamida bir yosh bo‘lishi lozim. Faqat qo‘y o‘zi olti oylik bo‘la turib, jussasi bir yoshli qo‘ydek bo‘lsa, so‘ysa bo‘ladi. Qolaversa, yoshdan tashqari qurbonlikdagi boshqa talablar ham muhim sanaladi. Hidoya kitobida shunday deyiladi:

ولا يجوز في الهدايا إلا ما جاز في الضحايا.

“Hadiy (haj yoki umraga chiqqan odam o‘zi bilan birga qurbonlik qilish uchun olib chiqqan yoki jinoyat qilgani uchun so‘yiladigan qo‘y, echki, mol yoki tuyadan iborat hayvon)larda qurbonlikda joiz bo‘lgan hayvonlargina joiz bo‘ladi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar