IMOMGA IQTIDO QILUVCHINING SAJDAI SAHV MASALASI

ID: 445

04.04.2025

49

Savol:

Imomga iqtido qilganda ikkinchi rak’atda attahiyotdan keyin salavot o‘qib qo‘ysam, unda ham sajdai sahv qilamanmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Yo‘q, bu holda sizga sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Chunki, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

ليس علي من خلف الامام سهو فان سها الامام فعليه و علي من خلفه سهو

Ya’ni: "Imomga iqtido qiluvchiga sajdai sahv qilish yo‘q. Agar imom  unutsa unga ham unga iqtido qilganlarga ham sajdai sahv lozim bo‘ladi". Demak, muqtadiy biror narsani unutish bilan sajdai sahv lozim bo‘lmaydi balki, imom biror vojibni unutsa unga ham, iqtido qiluvchilarga ham sajdai sahv vojib bo‘lar ekan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar