Assalomu aleykum gʻusul olayotganda Avrat yopilgan boʻlishi kerakmi 2 chi savol katta xojat qilganda libosni toʻliq yechsa boʻladimi
“Yolg‘iz holatda g‘usl qilayotganda kiyimlarini yechib yuvinish joiz” (Maroqil faloh). Jamoat joylarda, ya’ni ko‘pchilik bo‘lib cho‘milayotganda kindigini ostidan tizzasini ostigacha berkitishi farzdir. Tizzasidan yuqorida turuvchi kalta ishtonlarda yuvinish haromdir. Insonlarning ko‘zidan pana joylarda ham xojat qilganda zaruratsiz kiyimini to‘liq yechib olish makruh o‘ladi. Balki zarurat miqdoricha libos yechiladi.