Hayz ko‘rgan ayol kishining g‘uslidan qolgan suvini g‘usl yoki tahoratda ishlatish mumkinmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Mumkin.
Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:
اغتسل بعض أزواج النبي صلى الله عليه وسلم في جفنة، فجاء النبي صلى الله عليه وسلم ليتوضأ منها أو يغتسل، فقالت له: يا رسول الله إني كنت جنباً، فقال: إن الماء لا يُجنب
"Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan birlari (Maymuna onamiz) bir idishdan janobatdan g‘usl qildilar. G‘usldan ortgan suv bilan Nabiy sollallohu alayhi vasallam tahorat yoki g‘usl qilmoqchi bo‘ldilar. Ayollari U Zotga: “Ey, Allohning Rasuli! Men junub edim”, dedilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, suv junub bo‘lmaydi" dedilar". (Imom Ahmad, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja rivoyat qilishgan). (“Raddul muhtor” va “E’lous sunan” kitoblari). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.