Er xotin yaqinlik qilgach g'usl qilish keraklgini bilman. Ammo yana aloqa qilish maqsad bo'lsa, bir necha aloqa uchun bir marta g'usl qilish mumkinmi?
Bismillahir rohmanir Rohim. Bir kechada bir necha marta jinsiy aloqa qilgan kishi har biriga g'usl qilishi shart emas. Ammo jinsiy aloqadan so'ng tahorat qilish va avrat a'zolarni юvish mustahab. Bu haqda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
إذا أتَى أحَدُكُمْ أهْلَهُ، ثُمَّ أرادَ أنْ يَعُودَ، فَلْيَتَوَضَّأ بَيْنَهُمَا وُضُوأً (رواه الامام مسلم عن ابي سعيد الخدري رضي الله عنه)
ya'ni: “Sizlardan birortangiz o'z ahli(ayoli)ga yaqinlik qilsa va yana yaqinlik qilishni xohlasa ikkalasini o'rtasida tahorat qilsin”, – dedilar. (Imom Muslim rivoyatlari).
Boshqa bir hadisda Umar ibn Xattob raziyallohu anhu kechasi junub bo'lganlari haqida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga zikr qilganlarida U zot alayhissalom: تَوَضَّأْ وَ اغْسِلْ ذَكَرَكَ ثُمَّ نَمْ (متفق عليه).
ya'ni: “Tahorat qiling va zakar(avrat)ingizni юving so'ngra uxlang”, – dedilar. Bu hadislar borasida alloma Mulla Ali Qori rahimahulloh “Mirqotul mafotih” nomli kitoblarida: “Ushbu hadislarda junub kishi eyish, ichish, ayoliga yana yaqinlik qilish yoki uxlashni xohlasa, jinsiy a'zolarini юvish va namozga tahorat qilgandek tahorat qilishi mustahab ekanligiga ishora bor” - deganlar.
Demak, bir kechada necha marotaba jinsiy aloqa qilsa ham, oxirida bir marta g'usl qilishi vojib. Yaqinliklar orasida esa tahorat qilish va avrat a'zolarini юvish bilan kifoyalanishlari ham mumkin. Bu ishlarning mustahab ekanligi юqoridagi hadisi shariflardan ma'lum bo'ldi. Ammo, imkoniyati bor kishilar har yaqinlikdan keyin g'usl qilishlari shart bo'lmasada, avlo ishdir. Vallohu a'lam.