GUNOHNI QILIB QILMAGANMAN DEYISH JOIZMI?

ID: 2256

29.08.2025

155

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Alloh yashirgan gunohlarni yashirish kerak hech kimga aytish kerak emas deyilgan. Misol uchun bir odam zino qilgan boʻlsa keyin u odam tavba qilib zinodan uzoq yursa uni bu gunohini faqat oʻzi bilan alloh bilsa bir odam kelib undan zino qilganmisan desa u odam yoʻq desa yolgʻon gapirgan boʻladimi? Alloh yashirgan gunohlarimizni kimdur soʻrab qolsa qilganman deb rostini aytish kerakmi yoki yoʻq qilmagaan deb yashirish kerakmi?

Javob:

Albatta, o‘tmishda qilgan gunohlarga tavba qilish va ularni yashirish shartdir. Mabodo savolda aytilgani kabi savol berilsa ham, Alloh taolo va Rasuli o‘tgan gunohlarni berkitishni va oshkor qilmaslikni buyurgani, demak bunday savollar berishning o‘zi sunnatga xilof ekani va buni bilishi unga hech bir foyda keltirmasligi tushuntiriladi. Gunohlarni berkitish maqtalgan holat ekanligiga, odamlar boshqalar ayblarini bilishlarining makruh narsa ekanligiga bir nechta sabablar bor: 1. Biz Allohga ma’siyat qilishdek bir musibat ila balolanganimizda, gunohimizni pok Zotning pardasi ila yopishga va o‘zimiz u narsani fosh qilmaslikka buyurilganmiz. Hadisda bunday deyilgan: “Alloh qaytargan iflosliklardan chetda bo‘linglar. Qay biringiz bu narsa ila alamlansa Alloh taoloning pardasi ila berkitsin”. 2. Siri fosh bo‘lish va ishi ochilishidan o‘zini himoya qilish ikkinchi sababdir. Zero ma’siyatlarga tushishdan qo‘rqish, ularga qarshi jur’at yo‘qolishidan qo‘rqiladi. Qachonki nafs gunohlar oshkora bo‘lishiga o‘rganib qolsa, uning gunohlarga berilib ketishi ziyoda bo‘ladi, shahvatlarga ergashishda o‘z chegarasini rioya qilmay qoladi va gunohlarni tark etish haqida qayg‘urmay qo‘yadi. Dunyoda siri ochilishidan qo‘rqish o‘z izidan shiddatliroq va xorlovchiroq bo‘lgan oxiratda siri ochilishidan qo‘rqishni yetaklab keladi. Shuning uchun yaxshilar aytadilar: “Allohim! Bizni bu dunyoda ayblarimizni to‘sganing kabi oxiratda ham ayblarimizni to‘sgin. Huzuringda turiluvchi kunda guvohlar oldida bizni sharmanda qilma!”. 3. Unga boshqa banda ergashib yer yuzida Allohga ma’siyat qilish tarqalishini va odamlarda gunoh qilishga jur’at uyg‘onishi uchinchi sababdir. Banda gunoh qilganda, o‘zi gunohkor bo‘lgani yetadi, u Allohga tavba qilishi va mag‘firat so‘rashi lozim. Gunohini esa zohir qilmasinki o‘sha gunoh tarqaladi, kengayadi. Huddi kasallik sog‘ a’zolarni ham zaharlagani, temirga bosqon uruvchi yonida turgan odamni kir qilib qo‘ygani kabi. O‘zi gunohga botgan holida boshqani ham unga tortish yomon ko‘rilgan ishdir. Shu sababli Allohga osiy bo‘lgan banda o‘z gunohini berkitishi zarur. Hatto ayoli, farzandlari va atrofidagi boshqa odamlardanki, toki ular gunohkordan ko‘ngillari qolmasin. 4. Imom Buxoriy va imom Muslim o‘z sahihlarida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadislarida bunday deyilgan: “Ummatimning mujohirlaridan boshqa barchasi avf etilgan. Mujohir bu kishi tunda bir gunoh amal qiladi va Alloh uning gunohini berkitgan bo‘ladi. U esa tong ottirganda: “Ey falonchi, kecha men falon va falon amallarni qildim” deydi. Va holanki Alloh uning gunohini berkitganda, u o‘z gunohini oshkora qildi”. 5. Hayo ahlidan bo‘lishi, hayosiga va uni gunohlarni zohir qilishdan qaytaruvchi sog‘lom insoniy tabiyatiga ergashishi lozimligi beshinchi sababdir. Imom Buxoriy va imom Muslim o‘z sahihlarida Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadislarida bunday deyilgan: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘z ukasiga hayo qilmaslik haqida nasihat qilayotgan ansoriyni oldidan o‘tayotib unga: “Uni tek qo‘y, albatta hayo iymondandir” deb aytganlar”. 6. Ummat ichida yaxshilik ila tanilganlar sarasiga kirish oltinchi sababdir. Halq tili haqiqat qalami deyilganidek odamlar Allohning yerdagi guvohlaridir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalar bilan turganlarida janoza olib o‘tiladi. Shunda sahobalar mayyitni maqtaganlarida rasululloh sollallohu alayhi va salam: “Vojib bo‘ldi” deydilar. Yana bir janoza olib o‘tilganda sahobalar mayyitni yomonlaydilar. Rasululloh sollallohu alayhi va salam: “Vojib bo‘ldi” deydilar. Umar ibn Xattob roziyallohu: “Nima vojib bo‘ldi yo rasululloh” deb so‘raganlarida Rasululloh sollallohu alayhi va salam: “Avvalgi mayyitni maqtaganlaringizda unga jannat vojib bo‘ldi, ikkinchi mayyitni yomonlaganingizda unda do‘zax vojib bo‘ldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlaridirsiz” dedilar?. Yana Rasululloh sollallohu alayhi va salam: “Bir musulmon kishi vafot topganda uning yaqin qo‘shnilaridan to‘rttasi undan faqat yaxshilik ko‘rganlariga guvohlik bersalar Alloh aytadi: ”U banda haqidagi bilimingizni qabul qildim va siz u haqida bilmagan narsalaringizni undan kechirdim”. 7. Odamlar uning ma’siyatidan xabar topganlarida bu narsadan alamlanishi sakkizinchi sababdir. A’zolar zarba yeganda alamlangani kabi inson odamlar yomonlashi sababidan ham qalbi alamlanadi. Bu inson fitratida bor narsadir. Gohida bu alam sababli o‘sib boruvchi bezovtalik va asabiylik bandani ibodatdagi xushu’dan ham man qiladi, ayniqsa alami davomli va qattiq bo‘lsa. Jasadini va qalbini alamlantiruvchi har bir narsadan uzoqlashish va qochishda mo‘minga hech qanday gunoh yo‘q va bu harom emas. uning gunohini bilib qolgan insonning yomonligidan ham qo‘rqiladi. Musulmon kishi qo‘lidan kelganicha o‘zini ozor va uning sabablaridan saqlashida hech qanday haraj yo‘qdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar