Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh. Hurmatli ulamolar, sizlarga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Ma’lumki, ilgari AQShning “Green Card” dasturiga ro‘yxatdan o‘tish bepul edi. Hozirgi kunda esa ayrim manbalarda ushbu ro‘yxatdan o‘tish jarayonida 1 (bir) dollar miqdorida to‘lov talab qilinayotgani aytilmoqda. Savolim shundan iboratki: ushbu 1 dollar to‘lovni amalga oshirish diniy nuqtai nazardan qimor yoki lotereya hukmiga kirmaydimi? Ya’ni, bu amal shariatga muvofiq hisoblanadimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
Va alaykum assalom. Grin Kardga ro‘xatdan o‘tishdagi to‘lovni qimor deb bo‘lmaydi. Chunki qimorda ko‘pchilikdan yig‘ilgan pul evaziga sovrin ya’ni qiymatli narsa (pul, qimmatbaho buyumlar) beriladi. Grin kardda esa to‘lovlardan yig‘ilgan pul emas, balki AQSh ga borish imkoniyati beriladi va borish xarajatlari boruvchi tomonidan qoplanadi. Talab qilinayotgan summa esa ro‘xatdan o‘tish, o‘tkazish uchun ba’zi jihozlar yoki shunga jalb qilingan xodimlar uchun bo‘lishi mumkin.