GO'SHTI EYILADIGAN HAYVON ICHGAN SUV

ID: 4975

10.12.2025

71

Savol:

Go'shti eyiladigan uy hayvonlari, agar bir paqirda suv ichsa, o'sha paqirdagi suv pok bo'ladimi? Go'shti eyiladigan hayvonlardan qolgan suv pokmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Go'shti eyiladigan uy hayvonlari ichgan suvning qoldig'i pok va tahorat uchun yaroqli hisoblanadi. Chunki go'shti halol bo'lgan hayvonning so'lagi ham pokdir. Modomiki uning og'zida qon yoki boshqa najosat bo'lmasa, u tekkan narsalar najas emas. Shu sababli, bu suvni ishlatish joizdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar