OYATLARI BOR KITOBLAR

ID: 2796

25.09.2025

97

Savol:

Assalamu Alaykum va rohmatulloh. Yo‘l uzoq bo‘lgan vaqtda kitob o‘qib yuraman. Oyatlari bor kitoblar, masalan Hazrat Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarini beldan pastda bo‘lgan xolatda olib yurish mumkinmi?

Javob:

Qur’on oyatlari yozilgan diniy kitoblarni zarurat yuzasidan beldan pastda ushlash yoki shunday sumkada olib yurish joiz, bunda gunoh yo‘q. Biroq, Allohning kalomiga chuqur hurmat ko‘rsatish dinimiz odobining muhim jihati bo‘lgani uchun, imkon qadar bunday kitoblarni yuqoriroqda ko‘tarib yurish afzal hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar