QIZ BOLA UZOQ MAMLAKATDA O‘QISHI JOIZMI?

ID: 581

04.04.2025

170

Savol:

Qizim chet elda o‘qishni juda istaydi. U juda ham a’lochi. Dadasi va akalari “qiz bola mahramsiz chet mamlakatga borishi mumkin emas” deya ruxsat berishmayapti. Ammo men ilm olish niyatida qiz bola uzoq mamlakatda o‘qishi joizligi haqida o‘qigandim. Dinimizda bu masalaning hukmi aslida qanday?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Islom dini, eng nozik xilqat sanalmish ayollarning iffati va izzat-obro‘lariga katta ahamiyat bergan. Ayol qizlarimizning ta’lim olishlari maqtovga sazovor. Lekin har qanday yaxshi ish ham dinimiz ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘lishi lozim. Shariatimizga ko‘ra piyoda yurganda uch kecha-kunduzlik masofaga – safar masofasi deyiladi. Ana shu safar masofasicha bo‘lgan joyga ayol-qizlarimiz o‘z mahramlari bilan birgalikda safarga chiqishlari lozim. Bu haqida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom shunday deganlar: “Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan ayol uchun uch kunlik va undan ortiq masofaga otasi yoki o‘g‘li yoki eri yoki aka-ukasi yoki mahram qarindoshisiz safar qilishi halol bo‘lmaydi”.

Shundan kelib chiqib, ilm olish niyatida bo‘lgan qizingizni mahram qarindoshi bilan birgalikda o‘qishga yuborishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar