KURBONLIK

ID: 12298

21.05.2026

43

Savol:

Assalomualekum kurbonlik suyganda shu jonlikni akikaga deb kushib niyat kilib suysa buladimi avvaldan raxmat

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Yo'q, bitta qo'yni ham qurbonlik, ham aqiqa uchun so'yib bo'lmaydi. Чunki qurbonlik va aqiqaning har biri mustaqil ibodatdir, shuning uchun bitta qo'yda bu ikki niyatni jamlab bo'lmaydi. Agar bitta qo'yni ham aqiqa ham, qurbonlikdan niyat qilinsa, qurbonlikdan o'tadi. Чunki aqiqa mustahab (qilsa savob, qilmasa gunoh bo'lmaydigan) amal, qurbonlik esa boy kishiga vojib bo'lgan amal. Vojib mustahabdan quvvatli bo'lgani sababli bu holatda so'yilgan qo'y qurbonlik hisoblanadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar