MUSOFIRLARNING JUMA NAMOZI

ID: 421

04.04.2025

120

Savol:

Musofirlar juma kunida Peshinni jamoat bo‘lib o‘qisa bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Jumani ado qilishlikdan ojiz bo‘lgan bemor, musofir, mahbus kabi Juma farz bo‘lmagan kishilar Juma kuni Juma ado qilinadigan yerlarda Peshinni jamoat bo‘lib o‘qishlari makruhi tahrimiydir. Bu holat xoh Juma o‘qilishidan oldin bo‘lsin yoki keyin bo‘lsin barobardir. "Durrul Muhtor" kitobida quyidagicha keltirilgan:

كره تحريما لمعذور و مسجون و مسافر اداء ظهر بجماعة في مصر قبل الجمعة و بعدها 

"Ma’zur, mahbus va musofir kishilar Juma o‘qiladigan yerlarda xoh Jumadan oldin bo‘lsin xoh keyin bo‘lsin Peshinni jamoat bo‘lib o‘qishliklari makruhi tahrimiydir". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar