DUO OLIKON INSONLAR

ID: 2791

25.09.2025

56

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh, oldindan bergan javobingiz uchun rahmat, Alloh rozi boʻlsin sizlardan, savolim shundan iboratki, men duo olikon insonlar haqida eshitganman, ular hech qanday qon chiqarish haqida gapirmas ekanlar va sizga qanday duo oʻqilgan yoki oʻqilmaganligi haqida aytishar ekan,men oldinlari bunday insonlar haqida eshitmagan ekanman, shular haqida tushuncha berib oʻtsangiz yaxshi boʻlar edi.

Javob:

Dinimizda g‘aybni – ya’ni, sizga kimdir duo qilgani yoki qilmagani kabi yashirin ishlarni – faqat Alloh taolo bilishiga qat’iy e’tiqod qilinadi. Bunday ma’lumotlarni aytishni da’vo qiluvchi kishilar folbin va munajjimlar safiga kirib qolishi mumkin, ularga murojaat qilish esa shar’an haromdir. Shu sababli, dinimiz bunday shaxslardan uzoq turishga, ularning gaplariga ishonmaslikka va har qanday holatda faqat Allohga suyanib, shariatda ko‘rsatilgan yo‘llar bilan himoyalanishga buyuradi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar