Man biznes plan topshirdim, maqullandi va deylik 20 mln manga berildi. Endi 18 oydan keyin man shu pulni o'zini qaytarib berishim kerak ekan hech qanaqa foizsiz. Lekin, 18 oy davomida qaysi oylarda foyda qilgan bo'lsam, foydadan 30% berishim kerak biroq bu pul 20 mln pulga aloqasi yo'q. Ya'ni foydadan berilayotgan 30%, 20 mln pulni yopmaydi, uni alohida yopish kerak. Shu tartibda ishlash joizmi?
Tijoratga pul tikib, foydasiga sherik bo‘lish joiz. Ammo qarz deb berib, shundan tushayotgan foydaga sherik bo‘lish ribo hisoblanadi. Chunki birinchi ko‘rinishda ya’ni tijoratga pul tikishda zararni ham zimmaga olinadi. Qarz berishda esa zararni zimmaga olish yo‘q.